Nilufar Zokirova kanoeda eshkak eshish bahslarida chorak finalga chiqdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nilufar Zokirova “Parij-2024” yozgi Olimpiadasidagi ishtirokini boshlab oldi.
Qayd etish kerakki, Nilufar Zokirova 200 metrga kanoeda eshkak eshish bahslarida 48:98 natija bilan oʻz guruhida uchinchi boʻlib keldi.
Endi sportchi qizimiz chorak finalda qatnashadi. Agar 1 yoki 2-oʻrinni band etganida u toʻgʻridan-toʻgʻri yarim finalda qatnashardi.
Nilufar Zokirova 1997-yil 15-iyunda Toshkentda tavallud topgan. Asosan 200 va 500 metrga kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Chorak final bugun 15:40 dan soʻng boshlanadi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov nimchorak finalga oʻtganligi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring