Navoiyning chegara hududida ochilgan xususiy klinikada 10 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi
Temur Eshboyev/“Xalq soʻzi”. Xalqimizning bebaho boyligi – tinchlik, osoyishtalik va salomatlikdir. Yurtimizdagi har bir fuqaro salomatligi yoʻlida tibbiyotimizda yaratilayotgan barcha shart-sharoitlardan foydalanishga haqli.
Qiziltepa tumanining qoʻshni Buxoro viloyati bilan chegaradosh Vangʻozi mahallasida tibbiyot klinikasi ishga tushirilgani quvonarli hol.
Mazkur klinikada kardiolog, nevropatolog va pediatrlar faoliyat koʻrsatib, fizioterapiya, stomatologiya va laboratoriya xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.
— Hammasi tibbiy xizmatning sifati va shifokorlarning malakasiga bogʻliq, — deydi “Medline“ xususiy tibbiyot klinikasini ishga tushirgan tadbirkor Usmon Karimov. — Ochigʻi, tibbiyot maskanini qurishni boshlaganimizda, bunga tadbirkorning mablagʻi yetarmikan, deganlar ham boʻldi. Quvonarlisi, oldimizga qoʻygan maqsadga erishdik. Sir emas, xalqimiz shifo istab, dunyoning narigi chekkasiga bormoqda. Ushbu tibbiyot klinikamiz orqali aholiga qulay, xizmat sifatini taʼminlay olsak, boshqa hududlardagilar ham yoʻl xarajati, vaqtini tejab bizga murojaat qiladi, degan umiddamiz.
Klinikaning ishga tushirilishi natijasida 10 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Tibbiyot xodimlari orasidan malakali, kasbiga sadoqatli shifokorlar tanlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring