Navoiyda soxta pul va noqonuniy tovarlar yoʻq qilindi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boʻlimi hamda Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining masʼul xodimlari tomonidan chetdan noqonuniy olib kirilgan, huquqbuzarlardan olib qoʻyilgan tamaki mahsulotlari va tibbiyot vositalari sud qaroriga asosan yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi.
Mazkur tovar-moddiy boyliklar viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy faoliyat sabab olingan boʻlib, 13 600 quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaretlar, 126 million soʻmlik tibbiy vositalari hamda 1 200 000 000 soʻmlik soxta pullardan iborat. Ular sud qaroriga asosan, tegishli tartibda yondirish yoʻli bilan yoʻq qilindi. Mazkur tadbirlar bevosita OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring