Navoiyda mehnat yarmarkasi oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Zamonaviy mehnat bozorida sogʻlom raqobat muhiti allaqachon shakllangan. Shu bois taraqqiyotimizning yangi modelida kuchli ijtimoiy himoya tamoyili — aholini ish bilan taʼminlash, ayniqsa, yoshlar bandligi ustuvor belgilanib, manzilli dasturlar, koʻp qirrali yoʻnalishlarda ish olib borilmoqda. Joylarda oʻtkazilayotgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari shulardan boʻlib, uning bu safargi manzillari Navoiy davlat Konchilik va texnologiyalar universiteti hamda shahardagi “Yoshlar markazi” boʻldi.
— Joriy yilda universitetimizni kunduzgi taʼlim yoʻnalishida 649 nafar talaba tugatadi, — deydi universitet matbuot xizmati rahbari Ozodbek Mustafoyev. — Ularning asosiy qismi “NKMK” AJ tizimi va “Navoiy uran” davlat korxonasi hamda viloyat hududidagi boshqa sanoat korxonalarida amaliyot oʻtab, amaliyot yakuni bilan oʻzlari ishtirok etgan subyektlarga ishga joylashishi kutilyapti.
Bevosita mehnat yarmarkasiga kelsak, yirik korxonalar bilan birga xususiy kompaniyalar ham ish oʻrni taklif etib, munosib kadrlarni tanlab olishdi.
Shaharning “Yoshlar markazida”gi boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasida esa ishsiz yoshlarning 98 nafari doimiy ish oʻrinlari va mavsumiy ishlarga joylashtirildi, 22 nafar yoshlarga subsidiya ajratildi, 52 nafar yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha tavsiya berilib, 63 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun kredit mablagʻlari ajratish boʻyicha tushunchalar berildi.
Shuningdek yarmarkada hududning mahalliy xomashyo resurslari va shu asosda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda boshqa imkoniyatlar samarasi, umidbaxsh loyihalar mahalliy yoshlar eʼtiboriga havola etilib, boʻsh ish oʻrinlari yaratishda ham bevosita ishtirokchi boʻlishga daʼvat etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring