Navoiyda koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqaradigan zavod quriladi
Joriy yilning 23-iyun kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy Fanlar Akademiyasi Sinszyan Fizika va kimyo texnika instituti vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida Navoiy viloyatida dorivor moddalarni sintez qilish zavodini tashkil etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.
Eslatib oʻtamiz, Navoiy viloyatida dorivor moddalarni sintez qilish zavodini tashkil etish boʻyicha Xitoy Fanlar Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi oʻrtasida kelishuv mavjud boʻlib, unga asosan Xitoy tomoni 10 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritishi va zavod yoʻlga qoʻyilgach, yiliga 36,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan dori vositalari uchun tabiiy va kimyoviy moddalar, shu jumladan koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Hozirda korxonani tegishli idoralarda roʻyxatdan oʻtkazish va erkin iqtisodiy hududga aʼzolik masalalari boʻyicha hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring