Navoiy viloyatida ikki nafar oʻqituvchiga Cobalt avtomobili sovgʻa qilindi

13:38 20 Yanvar 2022 Jamiyat
853 0

Navoiy viloyati Navbahor tumanida oʻzining fidoyiligi, mehnatsevarligi bilan oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelayotgan ikki nafar oʻqituvchiga Cobalt avtomobili sovgʻa qilindi.

Avtomobil sovgʻasi topshirilgan 1-maktabning fizika fani oʻqituvchisi Sohiba Navroʻzova hamda 20-maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Obidjon Saydaxmetov oʻz faoliyatlari davomida yuzlab bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishiga hissa qoʻshgan.

Xususan, Navbahor tumanida oʻtgan 2021-yil bitiruvchilarining 76,6 foizi oliy taʼlim muassasalariga qamrab olinganligi ham oʻqituvchilarimizning yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda oʻquvchilarga yuqori sifatda taʼlim berayotganidan dalolatdir.

Aytish joizki, oʻqituvchilarga berilayotgan bunday eʼtibor sohadagi islohotlarni yangi bosqichga koʻtarishda oʻziga xos motivatsiya boʻlib xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?