NATO Ukrainaga Rossiya bilan har qanday tinchlik muzokaralarini kechiktirishni taklif qildi

11:22 04 Dekabr 2024 Dunyo
145 0

Foto: AP

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Kiyevga Rossiya bilan har qanday tinchlik muzokaralarini keyinga qoldirishni taklif qilib, Ukrainaning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlash uchun Gʻarb avvalo Ukraina Qurolli kuchlariga qurol yuborishi kerakligini taʼkidladi. Bu haqda Amerikaning “The New York Times” gazetasi yozmoqda.

“NATOning yangi bosh diplomati seshanba kuni Ukrainaga Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini Gʻarb ittifoqchilari yetarli darajada harbiy yordam yubormaguncha kechiktirishni taklif qildi”, — deyiladi nashr xabarida.

Qayd etilishicha, bunday qadam Kiyevga boʻlajak muzokaralarda Ukraina pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida taklif qilingan.

Shu bilan birga, qayd etilganidek, Ryutte Ukrainaning oʻzi muzokaralarni qachon boshlashga tayyorligini hal qilishi kerakligini qoʻshimcha qildi.

Oldinroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy Kiyev NATOga toʻlaqonli aʼzolikdan boshqa har qanday xavfsizlik kafolatlarini koʻrib chiqishdan bosh tortganini maʼlum qilgandi.

Shu yilning 3-dekabr kuni “Reuters” agentligi NATOning 32 aʼzosi oʻrtasida Ukrainani alyansga taklif qilish boʻyicha qaror qabul qilish uchun hozircha zarur konsensusdan darak yoʻqligini va bunga erishish uchun bir necha oy muzokaralar olib borilishi mumkinligini xabar qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер