NamDU professori – “Islohotlar bilimdoni”
Viloyatning toʻngʻich oliygohi – Namangan Davlat universiteti professori Narimon Dehqonov taʼlim-tarbiya sohasining fidoyisi boʻlishi bilan bir qatorda faol jamoatchi sifatida koʻpchilik hurmatiga sazovor boʻlgan. Yurt ravnaqi yoʻlida astoydil ish olib borib, yoshlar ongida mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida tashabbus koʻrsatib kelayotgan bu insonning mehnati yana bir bor eʼtirofini topdi. Izlanuvchan muallim oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Islohotlar bilimdoni” respublika koʻrik-tanlovining final bosqichi gʻolibiga aylandi. Mamlakatning turli hududlaridan sara ishtirokchilar qatnashgan ushbu nufuzli tanlovda N. Dehqonov “Eng faol milliy gʻoya va maʼnaviyat targʻibotchisi” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 1-oʻringa loyiq topildi.
- Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Narimon Dehqonov ilm-fan, maʼnaviyat targʻibotchisi va halol siyosatchi sifatida koʻpchilikka tanilgan, — deydi respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Musoxon Oppoqov. – U yoshlar ongida mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi ishtiroki, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash borasidagi saʼy-harakatlari bilan boʻlimimizning faol koʻmakchilaridan biriga aylangan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlarni keng ommaga yetkazish jonkuyarlaridan biri boʻlgan faol targʻibotchining yutugʻi nafaqat u ishlayotgan oliygoh jamoasi, balki butun Namangan ziyolilari koʻnglini shod etdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring