Namanganlik oʻqituvchi Prezident sovgʻasi — avtomobil bilan taqdirlandi
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni oldidan davlatimiz rahbarining taʼlim sohasi xodimlari bilan oʻtkazgan videoselektor orqali muloqotida Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 37-umumtaʼlim maktabining ingliz tili oʻqituvchisi Nodira Nabiyeva ham faol ishtirok etdi.
Yosh boʻlishiga qaramasdan katta yutuqlarga erishgan iqtidorli qiz talabalik davridan respublika olimpiadalari gʻolibi, Navoiy nomidagi stipendiya sohibi boʻlgan. Uning 50 ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda chop etilgan. Tayyorlagan qoʻllanmasi esa Germaniyada elektron kitob sifatida nashr qilingan hamda AQSHning Gallodet universiteti tomonidan 5 ming dollarga sotib olingan.

Yaqinda “Eng maʼnaviyatli yosh oʻqituvchi” tanlovi gʻolibi boʻlgan N.Nabiyeva 15 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlangan edi. Ayni paytda u maktabda dars berish bilan birga 300 dan ortiq yoshlarga til oʻrgatmoqda.
Prezident sovgʻasi sifatida iqtidorli muallimaga zamonaviy avtomobil tuhfa etildi. Nodira Nabiyeva endi Ijtimoiy himoya milliy agentligida pedagog sifatida faoliyat yuritadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring