Namanganlik oʻqituvchi BAAdagi xalqaro koʻrgazmada ishtirok etmoqda

03:39 04 Fevral 2022 Jamiyat
1032 0

Foto: Халқ сўзи

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ayni kunlarda boʻlib oʻtayotgan madaniy-tarixiy merosga oid xalqaro festivalida dunyoning 50 dan ortiq davlatidan kelgan usta-hunarmandlar ishtirok etayotir. Ushbu yirik koʻrgazmada Oʻzbekistonning hunarmandchilik yoʻnalishida yagona vakili — Namangan muhandislik-texnologiya instituti oʻqituvchisi Rustamjon Abdurahmonov ham ijodiy ishlari bilan qatnashmoqda.

Maʼlum qilinishich, koʻrgazmada oʻzbek hunarmandchilik mahsulotlariga qiziqish katta boʻlmoqja. Mahalliy “Emireyts” telekanali ijodkorlari namanganlik vakilimiz namoyish etgan milliy kulolchilik buyumlari haqida alohida reportaj tayyorlagan.

Rustamjon Abdurahmonovning xorijiy tadbirlardagi ishtiroki bu bilan cheklanib qolmaydi. U joriy yilda AQSHning Texas shtatida boʻlib oʻtadigan butun dunyo hunarmandlari festivaliga ham taklif etilgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?