Namanganga 100 ta yangi avtobuslar olib kelinadi

15:44 25 Avgust 2023 Jamiyat
520 0

Иллюстратив фото

Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari Saidahmad Sultonov Toshkent shahrida “Yutong bus co.,LTD” kompaniyasining MDH mamlakatlari boʻyicha prezidenti Djeff Syao boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyatda aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash, zamonaviy avtobuslar sotib olish va ularga servis xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish bilan bogʻliq jihatlar muhokama etildi.

Muzokaralar davomida “Xumo avto plyus” MCHJ hamda “Yutong Hongkong Limited” kompaniyasi oʻrtasida 100 dona ZK6890HG modelidagi avtobuslarni sotib olish yuzasidan shartnoma imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?