Namangandagi IT kompaniyasi inson harakatlarini raqamlashtirishga qaratilgan loyihani ishga tushirdi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Respublikamizda ayni yoʻnalishda birinchilar qatorida ishlab chiqilib, ijroga yoʻnaltirilgan mazkur loyiha gullar shahrida oʻz faoliyatini boshlagan “IT-Park” rezidenti “Nightmare Labs” kompaniyasiga tegishlidir. Kompaniyaning asosiy negizi “Motion Capture” texnologiyasi bilan inson va turli mavjudotlar harakatlarini raqamlashtirishga qaratilgan interaktiv studiya hisoblanadi. Yaqin kunlarda start berilgan va bir milliard soʻm qiymatga ega startap loyihaning iqtisodiy samaradorligi IT-eksportiga yoʻnaltirilganligi bilan alohida ahamiyatga ega.
— Loyiha toʻla amalga oshishi bilan yiliga bir million AQSH dollariga teng eksport imkoniyati yuzaga keladi, — deydi IT park Namangan viloyat filiali loyihalar menejeri Sherzod Tursunov. — Bu koʻrsatkichni kompyuter oʻyinlari ishlab chiqaruvchi bir qator xalqaro kompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan buyurtmalar hajmidan kelib chiqib aytyapman. Hozirdanoq ularning birinchisi – 5 ming AQSH dollariga teng buyurtmani bajarib ulgurdik.

“Nightmare Labs” IT parkning Namangan viloyatidagi ellik sakkizinchi rezidentidir. Roʻyobga chiqarilgan loyihaning dastlabki bosqichida bu yerda 7 nafar axborot texnologiyalari ustasi murakkab dastur asosida mehnat qilayotir. Yaqin vaqt ichida ular soni 20 taga yetib, ish hajmlari keskin ortadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring