Namanganda “Yashil makon rezidensiya” majmuasi qurilishi boshlandi

14:06 22 Avgust 2024 Jamiyat
70 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Davlatobod tumanida tezkorlik bilan barpo etilayotgan “Yangi Namangan” shaharchasi sohadagi yirik loyihalardan biridir. Dastlabki bosqichi amalga oshirilgan bu hududda endilikda “Yashil makon rezidensiyasi” turar-joy majmuasini tiklashga kirishildi. Kuni kecha ushbu majmuaning sotuv ofisi ish boshlashi munosabati bilan tantanali marosim tashkil etildi.

— Xalqaro andozalar darajasida bunyod qilinadigan majmuaning umumiy loyiha qiymati 363 milliard soʻmga teng boʻlib, qurilish ishlari “Castle Town” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh pudratchiligida amalga oshirilmoqda, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari Sardor Rahimov. — Ayni paytda binokorlikka ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan 9, 12, 21-qavatli turar-joy obyektlari, mehmonxona va restoranlar, Xitoyning “BYD“ kompaniyasida ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuv ofisi hamda savdo va xizmat koʻrsatuvi inshootlarni tiklash ishlari boshlangan.

Maʼlumot uchun, loyiha yakuni bilan bu yerda koʻp qavatli binolarning oʻzida 702 ta shinam xonadonlar qurish rejalashtirilgan. Yangi majmuani oʻz nomiga munosib, yaʼni, yuksak ekologik talablar darajasida barpo etishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?