Namanganda oʻqituvchilar bayram konsertiga chipta sotib olishga majburlandi

08:27 23 Dekabr 2024 Jamiyat
172 0

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida maktab va davlat bogʻchasi xodimlariga bayram konsertiga majburiy ravishda chipta sotilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, xabarga aniqlik kiritish maqsadida tezkor ishchi guruhi tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilgan. Jarayonda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimi tomonidan oʻzboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlangan va xodimlarga pullari qaytarib berilgan.

Shu oʻrinda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi umumtaʼlim muassasalarida majburiy, asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablagʻlari yigʻilishiga yoʻl qoʻymasligini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер