Namanganda yoʻlsozlik boʻyicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz poytaxtini vodiy bilan bogʻlovchi “Fargʻona halqa yoʻli”ning bir qismi Namangan viloyati hududidan oʻtgan boʻlib, ayni paytda undan bir kecha-kunduzda oʻrtacha 20 mingdan ziyod transport vositalari qatnamoqda. Keyingi paytlarda harakat oqimining jadal ortishi natijasida trassaning oʻtkazish qobiliyati talab darajasidan ortda qola boshladi. Shundan kelib chiqib 75 kilometr masofadagi “Pungon – Namangan” yoʻlini rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha masalaga yechim topadi. Yaqinda ijrosiga kirishilgan 368 million dollar qiymatidagi ushbu loyiha Xitoyning “CITIC Construction” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Moliyalashtirish-loyihalash-qurish” tamoyiliga asoslangan avtoyoʻlni rekonstruksiyalash ishlari toʻrt yilga moʻljallangan boʻlib, ayni jarayonda qatnov tartibini ikki tasmalidan toʻrt tasmali sement beton qoplamaga oʻtkazish, yuk koʻtarish qobiliyatini amaldagi 10 tonnadan 13 tonnaga oshirish, transport vositalari kunlik harakat jadalligini oʻrtacha 40 mingtaga yetkazish koʻzda tutilgan.
— Mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan yoʻlning rekonstruksiya qilinishi, birinchi navbatda, uning xavfsiz barqaror obyektga aylanishini taʼminlaydi, — deydi Namangan viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Tohirjon Oʻrozov. — Shu maqsadda loyiha tarhiga mavjud 14 ta koʻprikni qayta qurish, koʻplab yer osti va yer usti oʻtkazgichlarni barpo etish ham kiritilgan.
Ayni paytda Xitoy kompaniyasi yoʻlsozlari hamkorligida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari jadal tus olgan. Qishning sovuq ob-havosiga qaramay mavjud texnika vositalari va taʼmirchilar kuchidan unumli foydalanilayotgani kunlik grafik yumushlari toʻla bajarilishini taʼminlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring