Namanganda ish faoliyatini toʻxtatgan “zapravka”da portlash sodir boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻlgani toʻgʻrisida videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 2025-yil 25-oktyabr kuni soat 18:47 da 112-tizimiga Namangan viloyati Chust tumani “Birlik” mahallasida ish faoliyatini toʻxtatgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida chaqnash sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar kelib tushdi.
Shundan soʻng, mazkur murojaatga asosan hodisa joyiga uchta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi yetib borgan. Maʼlum boʻlishicha, 10 tonnalik yoqilgʻi saqlash sisternasining boshqa joyga koʻchirish jarayonida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi natijasida chaqnash yuz bergan.
FVVning xabar berishicha, mazkur chaqnash oqibatida, payvandlovchi sifatida ishlagan ishchi vafot etgan. Hozirda hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori oʻrganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring