Namangan viloyati Chust tumanida ikki opa-singilni sel oqimidan zararlangan devor bosib qoldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati boshligʻi oʻrinbosari Samandar Hikmatullayev xabar berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 17-iyun kuni soat 16:00 larda Chust tumani, Toymosobod MFY Kamarbasta koʻchasida yashagan 14 yoshli Ю.З. va uning 16 yoshli opasi Ю.К.ни sel-suv toshqinidan zararlangan devor bosib qolgan. Oqibatda Ю.З. voqea joyida halok boʻlgan, Ю.К. esa tan jarohatini olib shifoxonaga yotqizilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, 14 yoshli Ю.З. va uning 16 yoshli opasi Ю.К. yashash xonadonining chegara devori oldiga borib, kuchli yogʻingarchilik natijasida hovlining darvozaxonasiga kirib kelayotgan yomgʻir suvni toʻsayotgan vaqtida ularni uy devori (tagi qismi bilan bir butun boʻlib) bosib qolgan.
“Hodisa joyi tuman prokurori Husniddin Hakimov rahbarligidagi tezkor tergov guruhi aʼzolari tomonidan koʻzdan kechirilib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirgan”, deydi Hayot Shamsutdinov.
RSTEIAMNFning 17-iyundagi maʼlumotida З.Ю. oʻlimi qoʻshma shikastlar, kalla miya, boʻyin, koʻkrak qafas, qorin, chanoq shikastlari borligi, kalla gumbaz, peshona tepa, oʻng chakka suyak siniqlari kalla asosiga oʻtishi, miyani majagʻlanishi, boʻyin va koʻkrak umurtqalarini koʻplab sinishi, chap tomondan koʻplab qovurgʻalarni sinishi, oʻpkalar va yurakni koʻkrak qafasidan pastga chiqib qolishi tufayli kelib chiqqani koʻrsatilgan.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining dastlabki maʼlumotida voyaga yetmagan Ю.К.нинг tanasida qoʻshma shikast, chanoq suyaklarini, oʻng boldir suyaklarini siljigan sinishi, tananing koʻplab shilinmalari borligi, holati ogʻir ahvoldaligi koʻrsatilgan.
Shamsutdinovning qoʻshimcha qilishicha, hozirda, mazkur holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring