Namanganda 110 nafar ehtiyojmand xotin-qizga yangi uylar topshirildi
Foto: Xalq so‘zi
Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi «Humo» tantanalar majmuasida tashkil etilgan bayramoldi tantanasi uning ishtirokchilari yodida uzoq vaqt saqlanib qolishi tabiiy. Boisi, uzoq yillardan buyon oʻz uy-joyiga ehtiyojmand boʻlib yurgan bu ayollarning orzusi bugun ushaldi. Ularga zamonaviy xonadonlar tuhfa qilindi.
— Turmush oʻrtogʻim vafot etib, ikki farzandim bilan ota-onamning hovlisida uch xoʻjalik boʻlib yashab kelayotgandik, — deydi yangi uy kalitini qabul qilib olgan Sayyora Turgʻunova. — Qiyinchiliklar ortda qoldi, davlatimiz eʼtibori, yaxshi insonlar madadi bilan endi oʻz uyimiz bor.
Darhaqiqat, inson qadrini ulugʻlash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanib, aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga zarurati boʻlgan qatlamga davlat tomonidan manzilli koʻmaklashish boʻyicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi. Ushbu tizim doirasida birgina Namangan viloyatida 2022-yilning oʻzida 1 ming 410 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning 859 nafariga yangi xonadonlar topshirildi. Bunga qoʻshimcha tariqasida 204 nafar xotin-qizning ijara kompensatsiyalari toʻlab berildi va 621 nafar ayolning yashash joyi taʼmirdan chiqarildi.
Toʻraqoʻrgʻonda oʻtkazilgan tantanali tadbirda ana shu ezguliklarning davomi sifatida «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlardan 110 nafariga uy-joylar tortiq qilindi. Yakunda sanʼat ustalari va ijrochi yoshlar tomonidan badiiy dastur namoyish etildi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring