Namangan davlat universiteti tashabbusi bilan “Ekobogʻ” tashkil etildi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etayotgan Namangan davlat universiteti jamoasi bundan ikki oy muqaddam oʻz hududida “Ekologik bogʻ” loyihasini amalga oshirishgan edi.
Ushbu maskanni obodonlashtirish maqsadida ommaviy hashar uyushtirildi. Foydalanishga yaroqsiz toshloq yerlarni oʻzlashtirish hisobiga yaratilayotgan 1,8 gektar maydonga koʻchatlar oʻtqazildi. Loyihaga koʻra, noodatiy bogʻ oʻzida dunyoning 5 ta mintaqasi, xususan, Amerika, Yevropa, Osiyo va boshqa mamlakatlar hududida oʻsadigan 86 noyob turdagi 986 tup daraxt va butalarni, shuningdek, 1000 dan ortiq dekorativ gullarni oʻz ichiga oladi. Ular raqamlashtirilib, QR kod bilan belgilanadi, bu orqali daraxt, buta yoki gulning nomi, vatani, oʻziga xos biologik xususiyatlari hamda kim tomonidan qachon ekilgani haqidagi maʼlumotlarni olish mumkin.
— “Ekobogʻ”ning vazifalari koʻp qirrali, — deydi biologiya fanlari doktori Davron Dehqonov. — Uning tashkil etilishi natijasida oʻn yettita fan boʻyicha ochiq amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini olib borish, Namangan viloyatida tarqalgan 75 turdagi endemik, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklarni muhofaza qilish, oʻsimliklarni muhofaza strategiyasi, yangi navlarni yaratish, iqlim oʻzgarishi va suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish vazifalari belgilangan.
Yangi bogʻing yana bir amaliy ahamiyati shundaki, bu yerda OTMdagi biologiya va biotexnologiya yoʻnalishlari talabalari uchun 17 ta fanlardan tajriba-sinov va ochiq amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish uchun imkoniyat vujudga keladi. Oʻz navbatida, taʼlim sifatini yanada oshirish, “Ekobogʻ”dan manzarali oʻsimliklarni yetishtirish va parvarishlashga oid ochiq tajriba uchastkasi sifatida foydalanish, taʼlim tashkilotlari — universitet innovatsion korporativ hamkorligi asosida maqsadli kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish ham koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring