Murodjon quvib, Inoue qochib charchamayapti — Eddi Xirn. Taniqli promouter yaponiyalik bokschini kamaridan mahrum qilishni talab qilmoqda

15:20 27 Yanvar 2025 Sport
719 0

“Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn WBA rahbarlari yaponiyalik jahon chempionidan kamarini olib qoʻyishi shartligini taʼkidladi. Bu haqida “Boxing News” nashri xabar bergan.

Britaniyalik promouterning soʻzlariga koʻra, ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boʻlib turgan Naoya Inoue WBA kamari uchun majburiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang oʻtkazishdan ochiqchasiga qochmoqda.

“Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevdan qochyapti. Uni bir emas, ikki marotaba Murodjondan kamarini himoya qilishga chaqirishdi. Lekin u har safar jangdan ochiqchasiga qochdi”, — deydi Eddi Xirn.

Inoue Ahmadaliyevning chang chaqirigʻiga qaramasdan Ti-Djey Doxeni hamda Joon Kimga qarshi ringga koʻtarildi. WBA Inouega ortiqcha qochmaslik va kamarini Ahmadaliyevdan himoya qilish boʻyicha soʻnggi ogohlantirishni berishi shart, deya qoʻshimcha qiladi u.

Maʼlumot uchun, Yaponiyalik bokschi Naoya Inoue 24-yanvar kuni Koreyalik raqibi Joon Kimni 4-raundda magʻlub qilib, chempionlik kamarini munosib himoya qilgan edi.

Avvalroq, WBA tashkiloti prezidenti Xilberto Mendosa Inoue 24-yanvar kungi jangini oʻtkazib olganidan keyin majburiy ravishda Murodjon Ahmadaliyevdan chempionlik kamarlarini himoya qilishiga topshiriq bergandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер