Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi koʻp yillik samarali xizmati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yoʻlidagi ibratli faoliyati, oʻz burchini sharaf va masʼuliyat bilan ado etib, mardlik va jasorat namunasini koʻrsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
II darajali “Shon sharaf” ordeni bilan
Ashropov Ramazon Axmatxoʻjayevich - Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
“Mardlik” ordeni bilan
Torebekov Baxtiyar Ismandiyarovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
Xusanov Ilyos Pardayevich - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori
“Doʻstlik” ordeni bilan
Maxmudova Mariya Stepanovna - Toshkent shahar Yunusobod tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspert-kriminalistika boʻlimi katta eksperti
Tashxodjayev Ulugʻbek Shuxratovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshligʻi
Xatamov Rustam Abduganiyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi
“Jasorat” medali bilan
Abbasov Avliyo Israilxonovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori
Karimkulova Sayyora Kudratovna - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi kichik inspektori
Xaitov Abdunayim Xayrullayevich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili
Xudaynazarov Sanjar Farxodovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Abbasov Rustam Abdullajanovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining maslahatchisi
Isayev Istam Qoryogʻdiyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari harbiy qism guruh komandiri oʻrinbosari
Maxmudov Xurshid Xusanovich - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhi inspektori
Masharipov Atabek Sultanbayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi
Mirzajanov Muhammadjon Komiljanovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori
Taganov Rasulbek Sobirovich - Xorazm viloyati Urganch shahar ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi boʻlinma komandiri
Uralov Jaxongir Mamatkulovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori
Xolmatov Baxodir Fozilovich - Fargʻona viloyati Margʻilon shahar ichki ishlar boʻlimi katta tezkor vakili
Choriyev Shuxrat Amirovich - Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi
Shamalov Tuychibay Dexkambayevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi inspektori
Egamova Dilfuza Rabbimkulovna - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchisi
“Shuhrat” medali bilan
Jumanov Toʻlqinboy Sattorovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi departament boshligʻi oʻrinbosari
Qulturayev Utkir Quyliyevich - Surxondaryo viloyati Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi boʻlinma boshligʻi
Xasanov Dilshod Uktamjonovich - Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori
Xudoyberdiyev Sherzod Sayfulloyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasi boshligʻi
Eraxmatov Dilshodbek Rejabovich - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni boʻlinma komandiri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring