Mukofot jamgʻarmasi 22 million soʻm boʻlgan bellashuv yakuniga yetdi
Rahmatjon BOBOJONOV/“Xalq soʻzi”. Poytaxtimizdagi “Cyber Arena” binosida 5-7-noyabr kunlari oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kibersportning “Dota 2” yoʻnalishi boʻyicha “Ziyo cup” turniri boʻlib oʻtdi.
“ZIYO FORUM” Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan jami 50 ta davlat va nodavlat oliy taʼlim dargohlarining 400 nafardan ortiq yoshlari oʻzaro bellashdi.
Umumiy mukofot jamgʻarmasi 22 mln. soʻm boʻlgan turnirda Vebster universiteti faxrli 1-oʻrinni, Vestminster universiteti 2-oʻrinni egalladi. 3 va 4-oʻrinlar esa Angren hamda Inha universitetlariga nasib etdi.
Musobaqa yakunida gʻoliblar pul mukofoti va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring