Mudofaa vazirligiga 11 oy davomida 4008 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 1803 tasi ijobiy hal etilgan

12:34 09 Dekabr 2022 Jamiyat
688 0

Foto: Arxiv surat

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yoʻldoshev jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlar tahlili boʻyicha maʼlumot berdi.

Murojaatlarning 2333 tasi Prezident Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali,81 tasi Bosh prokuratura orqali, 1270 ta murojaat esa tashkilot pochtasiga kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1803 tasi ijobiy hal etildi, 1855 ta murojaatga huquqiy maslahat berildi, 350 tasi esa bugungi kunda oʻrganib chiqilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?