Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda

12:23 17 Oktyabr 2024 Jamiyat
530 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 8-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilar uchun 16-23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

Shunga koʻra, ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida ham muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Qarshi shahrining Naxshab mahallasida istiqomat qiluvchi Munisa Normamatova hududdagi 33-saylov uchastkasiga kelib, oʻzi istagan nomzodlarga ovoz berdi.

— Saylov kuni Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi qarindoshlarimiznikida oʻtkaziladigan tadbirda ishtirok etishim kerak, — deydi u. — Shu bois belgilangan huquqimdan foydalanib, muddatidan oldin oʻzim munosib deb bilgan nomzodlarim va partiyaga ovoz berdim.

Taʼkidlash joiz, Saylov kodeksining 57-moddasiga koʻra, muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasiga kelib, muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?