Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.
Shunga koʻra, Adliya vazirligi shoir va bastakorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2024 va 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida mualliflik huquqini buzgan hamda sud qarorlari bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 10 nafar ijrochiga oid maʼlumotlarni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga taqdim etib, ularning litsenziyalarini bekor qilishni soʻragan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring