Moʻjaz xonadonda 3 mingta bedana boqilmoqda

13:34 27 Noyabr 2024 Jamiyat
251 0

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Bedana ham tovuq, oʻrdak, kurka, gʻoz kabi sermahsul parranda hisoblanadi. Xususan, bedananing goʻshti va tuxumi azaldan milliy taomlarimizning noyob masalliqlari sirasidandir. Ayniqsa, keyingi yillarda yemakxonalarda bedana goʻshti va tuxumidan tayyorlangan yeguliklar koʻpaydiki, bu ham boʻlsa yurtimizda bedanachilik tez rivoj topayotganidan dalolat.

Xovos tumanidagi Yangiyer mahallasida istiqomat qilayotgan Majiddin Mustafoqulov mana bir yarim yildirki, parrandachilikning ayni shu yoʻnalishida faoliyat yuritmoqda. U ushbu ishni 300 ming soʻm sarmoya bilan boshlagan edi. Bugungi kunda uning moʻjaz xonadonida 3 mingta bedana boqilmoqda. Ular ikki turga mansub boʻlib, biri goʻsht yoʻnalishida, ikkinchisi esa tuxum berish boʻyicha mahsuldor hisoblanadi. Shuningdek, koʻp ham kasalliklarga chalinavermaydi.

Hozir mazkur xonadonda parvarishlanayotgan bedanalardan 800 tasi tuxum bermoqda. Ushbu mahsulotlar Yangiyer shahri bozorida sotilmoqda.

— Bedanadan uch yoʻnalishda daromad olyapmiz, — deydi Majiddin Mustafoqulov. — Yaʼni bedana goʻshti va tuxumidan tashqari zotli joʻjalar ham sotamiz. Ikkita inkubatorimiz bor. Joʻjalarning 98 foizi yashab ketadi. Shu bilan birga ular juda tez rivojlanib, 35-40 kunda tuxum berishni boshlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?