Moskvadagi teraktdan jabrlangan oila farzandlari dam olish uchun Oʻzbekistonga keldi

18:08 24 Iyun 2024 Jamiyat
193 0

MoskvadagiCrocus City Hallsavdo koʻngilochar majmuasida sodir etilgan teraktdan jabr koʻrgan oilalarning farzandlari yozni Oʻzbekistondagi oromgohda oʻtkazadi. Bu haqdaOʻzbekiston 24” axborot kanalida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi kengashi yigʻilishida aytishicha, Oʻzbekiston tomoni bolalar uchun ikki haftalik tadbirlar dasturini tayyorlagan.

Kecha, 23-iyun kuni 100 nafar boladan iborat guruh Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan. Ular Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagiAnorbolalar sogʻlomlashtirish oromgohida dam oladi, sport musobaqalarida, taniqli sportchilar bilan mahorat saboqlarida qatnashadi, rasm, raqs, teatr va musiqa toʻgaraklarida tahsil oladi. Ularning ixtiyorida kompyuter laboratoriyasi va kutubxona ham boʻladi.

Qayd etilishicha, terakt oqibatida jabrlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ushbu oilalarning 100 nafar farzandini Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirib, eng yaxshi sogʻlomlashtirish oromgohlarida bepul dam olishga taklif qilgan.

Yetib kelgan rossiyalik yoshlar Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi bolalar oromgohida 14 kun dam oladi. Ularga dam olish davomida sport kiyimlari va zarur texnik jihozlar sovgʻa sifatida topshiriladi.

Shuningdek, belgilangan muddat davomida suv sporti festivali, hajviy estafetalar, xorijiy va mahalliy filmlar va spektakllar namoyishi, shuningdek, videofilmlar tanlovi oʻtkazish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, barcha xarajatlar Kasaba uyushmalari tomonidan qoplanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?