Moskva — Namangan — Moskva aviaqatnovi nima sababdan bekor qilingani ochiqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yamal” aviakompaniyasining Moskva — Namangan — Moskva yoʻnalishi boʻyicha LLM9205/9206 aviaqatnovi bekor qilingani haqida maʼlumotlar tarqaldi.
Shu munosabat bilan quyidagilar maʼlum qilindi. Joriy yilning 13-oktyabr kuni Rossiyaning Yamal aviakompaniyasining bortida 220 yoʻlovchi boʻlgan havo kemasi Moskva vaqti bilan soat 15:40 da Domodedovo aeroportidan Namanganga uchishi rejalashtirilgan edi.
Aviakompaniya ushbu aviaqatnovni amalga oshirish uchun nazorat qiluvchi organ – “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tegishli tegishli ruxsat olmaganligi bois, ushbu charter aviaqatnovi amalga oshirilmadi.
Namangan xalqaro aeroporti ushbu aviaqatnovni bekor qilinishiga hech qanday aloqasi yoʻq. Aeroport xodimlari Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da Namangandan Moskvaga qaytish kerak boʻlgan aviaqatnov yoʻlovchilariga vaziyat boʻyicha atroflicha maʼlumot taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring