Moskva muzeylariga “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi kitob-albomlar sovgʻa qilindi
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Butunrossiya dekorativ-amaliy va xalq amaliy sanʼati muzeyi hamda Sharq davlat muzeyi rahbariyatiga “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi 50 jildlik kitob-albomlarni topshirdi.
Elchi bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, sanʼat, fan va taʼlim sohalarida oʻzaro hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochishda muhim qadam boʻlishni taʼkidladi. 50 jildlik kitob-albomlarning taqdimoti shunchaki xayriya aksiyasi emas, balki Oʻzbekiston va Rossiya tarixi, anʼanalari va madaniyati oʻrtasidagi koʻprik ekanligi alohida qayd etildi.
Ushbu nashrlar Moskvaning yetakchi muzeylari kolleksiyalarini boyitib, Oʻzbekistonning noyob madaniy merosini eʼtirof etish va hurmat qilishning ifodali belgisiga aylanadi.
Butunrossiya dekorativ-amaliy va xalq amaliy sanʼati muzeyi direktori Yelena Titova Oʻzbekiston va Rossiya muzey muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. Oʻzaro hamkorlik nafaqat koʻrgazmalar oʻtkazish, balki xodimlar oʻrtasida tajriba almashish, va malaka oshirish dasturlarini yoʻlga qoʻyishni ham oʻz ichiga olishi mumkinligi taʼkidlandi.
“Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” kitob-albomlari Oʻzbekiston tarixi, sanʼati va madaniyatining boyligi va rang-barangligini aks ettiruvchi noyob toʻplamdir. Jildlarda Oʻzbekistonda va butun dunyo muzeylari hamda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan arxeologik topilmalar, meʼmoriy yodgorliklar, rangtasvir, haykaltaroshlik va amaliy sanʼat asarlarining ajoyib suratlari va batafsil tavsiflari oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring