“Montaj” filmi yana bir mukofot bilan taqdirlandi
Dilshodbek Usmonovning “Montaj” qisqa metrajli filmi Braziliyada oʻtkazilgan “Campinas film festival 2022” ning “Eng yaxshi xalqaro qisqa metrajli film” mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mazkur film “Debyut” festivalining 2-darajali “Gran Pri” mukofotiga sazovor boʻlgan. Hong Kongda oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi “Global University Film Awards 2022” festivali, Avstriya poytaxti Vena shahrida boʻlib oʻtgan “Vienna International Film Awards” kinofestivali, “Moskva premyerasi” xalqaro kinofestivali, Marokashda oʻtkazilgan VII “Tetauon” xalqaro film maktablari kinofestivali, Qozogʻistondagi “Bastau” butun dunyo talabalar hamda debyutantlar kinofestivalida ham ishtirok etgan va turli yoʻnalishlarda taqdirlangan edi.
Film ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Dilshodbek Usmonov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, postanovkachi rassom Rustam Shoyanov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Toʻychi Ahmedov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring