Monitoring ishlari dronlar yordamida amalga oshirilmoqda
Qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalarni jalb qilish orqali nafaqat mehnat unumdorligiga, balki sifatli va yuqori hosil olishga ham erishish mumkin.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan uchuvchisiz boshqariladigan dronlar orqali monitoring ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad ham shu.
— Qo‘mitamiz tomonidan qishloq xo‘jaligida uchuvchisiz boshqariladigan dronlardan unumli foydalanishga kirishildi, — deydi mutaxassis Odiljon Jabborov. — Ular yordamida 500 gektar maydonda kuzatish ishlarini atiga ikki soatda amalga oshirammiz. Vaholanki, avvallari bu ishlar uchun uch kun vaqt sarflanardi. Innovatsion texnologiya orqali maydonlarni nafaqat kuzatish, balki suratga olish, xaritasini tuzish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyatida 20 ming gektar maydondagi kuzatish ishlari atiga uch kun mobaynida amalga oshirilganligining o‘ziyoq uning samarali natijasi ifodasidir. Qishloq xo‘jaligida bu kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish unumdorlikni oshirish, ekinlar rivojini kuzatib borish va har bir qarich yerdan samarali foydalanish choralarini ko‘rish mumkin.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring