Moʻynoqqa toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari olib borilmoqda
Gʻ.Otajonov/“Xalq soʻzi”. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Nukus va Moʻynoq tumanlaridagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sifatli ichimlik suvi taʼminotini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirishga oid bir necha loyihalar belgilangan.

Loyiha doirasida Moʻynoqqa yangi suv quvurini tortish ishlariga start berildi. Natijada 1300 dan ortiq oilani ichimlik suvi bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.
– Moʻynoq tumaniga yangi suv quvurini tortish ishlari Osiyo taraqqiyot banki hisobidan moliyalashtirilayotgan boʻlib, ushbu loyihaning umumiy qiymati 8,21 mln dollarni tashkil etadi, – deydi “ArchiCO” Engineering kompaniyasi Texnik direktori Nazim Sherimov. – Moʻynoq tumani “Qiziljar” ovul fuqarolar yigʻinining “Aliy”, “Hokim ota”, “Boʻzatov”, “Amudaryo”, “Qipchaqdaryo”, “Talliq”, “Uchsay”, “Toʻqmoq ota” ovullariga va tuman markazidagi mahalla fuqoralar yigʻinlari hududlariga “Tuya moʻyin” suv saqlagichidan ichimlik suvi yetib boradi.

“ArchiCO” Engineering kompaniyasi Ozarbayjon Respublikasi kompaniyasi hisoblanib, Moʻynoq tumaniga yangi suv quvurini tortish ishlariga masʼul korxona hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring