Moʻynoq tumanida www.yurtashop.uz onlayn suvenir doʻkoni ishga tushirildi

Bosh prokuratura tashabbusi bilan “NavrUz” etnofestivali, “Ralli Moʻynoq” avtomobil sporti musobaqalari, Milliy ot oʻyinlari turniri, “Muynak Sand Cup - 2022” sohil futboli va voleybol oʻyinlari boʻyicha turnir, “Xalqlar doʻstligi kuni” festivali va boshqa bir qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, “Hunarmandlar alleyasi”, “Shoirlar alleyasi”, “Yurta” hunarmandchilik markazi va xosteli, “Baliqchining uyi” muzeyi va selfi obyektlar foydalanishga topshirilib, hozirgi kunda xorijiy va mahalliy turistlarga xizmat qilmoqda.
Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida Bosh prokuratura tashabbusi va koʻmagida Moʻynoq tumanida www.yurtashop.uz onlayn suvenir doʻkoni ishga tushirildi.
Onlayn doʻkonni ishga tushirishdan asosiy maqsad — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, jumladan Moʻynoq tumani hunarmandlarini qoʻllab-quvvatlash, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotilishiga yordam berish, tumanga tashrif buyuruvchi turistlarga va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlariga qiziquvchilarga sifatli va arzon suvenirlarni sotishni yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring