Misr Gʻazoda 2 kunlik sulh oʻrnatish boʻyicha taklif bilan chiqdi
Misr Isroil tomonidan Gʻazo shimolidagi qamal paytida 1000 kishi oʻldirilgani sababli tomonlarni ikki kunlik sulh tuzishga chaqirdi. Prezident As-Sisining rejasi Gʻazoda saqlanayotgan toʻrt isroillik asirni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga almashtirishni oʻz ichiga oladi. Bu esa uzoq muddatli sulhga yoʻl ochib beradi. Sulh taklifi yakshanba kunidan beri Isroilning tinimsiz hujumlari oqibatida 50 kishining, jumladan besh jurnalistning oʻlimiga sabab boʻlganidan keyin avj oldi.
Yakshanba kuni Qohirada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida As-Sisi 48 soatlik janglar va mahbuslar almashinuvi ortidan kelasi 10 kun ichida koʻproq muzokaralar olib borilishini maʼlum qildi va muzokarachilar tinchlik kelishuviga erisha oladi degan umidda.
HAMAS tomonidan 2023-yil 7oktyabr kuni Isroil hududidagi hujum paytida qoʻlga olingan 251 asirdan 97 nafari Gʻazoda saqlanmoqda, jumladan, Isroil harbiylari ularning 34 nafari halok boʻlganini daʼvo qilmoqda. Oʻtgan noyabr oyida bir hafta davom etgan sulh davomida 100 dan ortiq asir ozod etilgan.
As-Sisi bu rejaning Isroilga yoki HAMASga rasman taqdim etilganiga aniqlik kiritmadi. Ammo Qatar poytaxti Doxada Markaziy razvedka boshqarmasi va Isroilning Mossad direktorlari ishtirokida mojaroni bartaraf etish harakatlari qayta boshlandi. Bu reja haqida Isroil va HAMAS tomonidan hech qanday izoh berilmagan.
Misr, Qatar va Qoʻshma Shtatlar bilan bir qatorda bir necha oydan beri bilvosita muzokaralarda vositachilik qilib, unchalik muvaffaqiyat qozonmadi. Yakshanba kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant muzokaralarda “ogʻriqli yon berishlar“ zarurligini va faqat harbiy harakatlar mamlakatning urush maqsadlariga erisha olmasligini aytdi.
Tahlilchilarga koʻra, AQSH, Misr va Qatar bilan Netanyahu bu safar koʻproq narsani qoʻlga kiritishi mumkinligini yozmoqda. Shuningdek, ular urushning davom etishi Isroil yetakchisining manfaatlariga toʻgʻri kelishini yozgan.
“Al-jazeera” xabariga koʻra, dushanba kuni Gʻazo shahrining Shujaya mahallasida bir guruh odamlarga qilingan hujumda uch kishi halok boʻlganini maʼlum qildi. Mahalliy nashrlarning aytishicha, yana bir falastinlik Nuseyrat qochqinlar lagerida isroilliklarning alohida zarbasi qurboni boʻlgan.
Avvalroq Gʻazo shimolidagi Shati qochqinlar lageriga koʻchirilgan falastinliklar joylashgan Asma maktabiga zarba berilib, kamida 11 kishi, jumladan, uch nafar jurnalist halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Yakshanba va dushanba kuni ertalab Isroilning Gʻazo boʻylab uyushtirgan reydlari natijasida kamida 53 kishi halok boʻldi. Baʼzi maʼlumotlarda aytilishicha, bir yildan buyon 170 nafar jurnalist oʻldirilgani aytilsa, Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi Gʻazoda oʻldirilgan jurnalistlar sonini 131 nafar deb hisoblaydi. Falastin-amerikalik jurnalist Netanyahuning maqsadi Gʻazoni yashashga yaroqsiz qilishdan boshqa strategiyasi yoʻqligini maʼlum qildi.
“Al-Jazeera” jurnalistining aytishicha, hududning shimoldagi manzarasi dahshatli darajada tus olgan, odamlar suv va oziq-ovqat soʻrayapti, umidsizlikda qolib, tashlab ketilganini his qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring