Mirzachoʻl innovatsion qishloq xoʻjaligi Azamat maktabi faoliyatini boshladi
Foto: TDAU axborot xizmati
Jizzax viloyatida Mirzachoʻl innovatsion qishloq xoʻjaligi Azamat maktabi faoliyatini boshladi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabr kuni qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirildi.
Kecha Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Fermerlar kengashi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi vakillari ishtirokida mazkur maktabning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Loyihaning birinchi bosqichida Jizzax viloyatining Mirzachoʻl, Doʻstlik va Arnasoy tumanlarining 100 nafardan ortiq fermerlari uchun maxsus 40 soatlik oʻquv kursiga start berildi. Oʻquv jarayonlari yuqori malakali professor-oʻqituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar tomonidan paxtachilik va gʻallachilikda ilgʻor agrotexnologiyalar hamda innovatsiyalar asosida olib borilmoqda.
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va Mirzachoʻl innovatsion qishloq xoʻjaligi Azamat maktabi oʻrtasida ilmiy, oʻquv, texnik va amaliy hamkorlik qilish boʻyicha kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuv fermer xoʻjaliklari va agroklasterlar oʻrtasida bilim va malaka almashinuvi, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring