Mingbuloqlik fermer quyosh panellari oʻrnatish orqali qoʻshimcha daromad topa boshladi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida faoliyat yuritayotgan “Humoyun Xurshid dalasi” fermer xoʻjaligi asosan moyli ekinlar parvarishi bilan shugʻullanadi. Uning 14 gektar maydondagi ekinzorlaridagi kungaboqar va poliz ekinlarida ekologik sof isteʼmol yogʻi ishlab chiqarish uchun sara urugʻlar yetishtirilmoqda. Joriy dehqonchilik yilining oʻzida qayta ishlash korxonasiga 7 tonnadan ziyod xomashyo topshirilib, 60 million soʻmlikdan koʻproq sof foyda yaratildi. Izlanuvchan tadbirkor birgina yoʻnalish bilan cheklanib qolmasdan yaqinda xoʻjaligiga yangi tarmoq qoʻshish boʻyicha loyihasini nihoyasiga yetkazdi. Dala chetidagi 8 sotix maydonga joylashtirilgan quyosh panellaridan iborat mini fotoelektrik stansiya bir necha hafta avval dastlabki kilovattlarni hosil qilishga kirishdi.
— 450 million soʻm qiymatga ega 180 ta panel kuniga 100 kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega, — deydi fermer Usmonjon Abduholiqov. — Loyihani avvaliga oʻz ehtiyojimiz, yaʼni, nasos agregatlarini quvvatlantirishga moʻljallagandik. Qarasak, yaxshigina biznes qilsa boʻlarkan. Endi xoʻjaligimizdan ortgan kilovattlarni davlatga sotyapmiz.
Tadbirkorlik subyekti ayni yoʻnalishda “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan shartnoma imzoladi. Unga koʻra, yil davomida davlatga 255 500 kvt elektr energiyasi yetkazib beriladi. Bu esa 233 million soʻm mablagʻ, demakdir. Qalovini topsa, qor ham yonadi, deganlari shuda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring