Ming dollarga haydovchilik guvohnomasini olib boʻladimi?
Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti Kogon va Pop tumanlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlanganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro B.T. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Pop tuman boʻlimi ham fuqaro I.S. fuqarolar Z.P. va S.M.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida “V.S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSH dollari va 8,8 million soʻmni olgan vaqtida qoʻlga tushirilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, endilikda yangi haydovchilik guvohnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring