“Milliy tiklanish” Hukumatga «tonirovka»ni bepul qilish boʻyicha taklif kiritmoqchi
Xabaringiz bor, soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoq va telegram kanallarda AQSHnig Kaliforniya shtatida 2012-yildan boshlab avtomobil oynalari majburiy va bepul qoraytirilishi haqidagi xabar rosa aylantirildi. Ushbu masalada “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Hukumatga avtomobil oynasi tusini oʻzgartirish uchun toʻlovlarni bekor qilish boʻyicha taklif kiritmoqchi.
"Buni, albatta, Oʻzbekiston hukumatiga jamoatchilikning “signali” sifatida qabul qilish mumkin.
Mamlakatimizda avtomobil oynalarini qoraytirish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilishi hamda buning uchun toʻlovning yuqoriligi oʻtgan yillar davomida yetarlicha va ortigʻi bilan muhokama qilindi. Va bu borada parlament quyi palatasining ayrim deputatlari tomonidan orqa oyna tusini bepul oʻzgartirish, shuningdek, agar avtomobilning ikki yonida orqa tomonni koʻrish uchun koʻzgu boʻlsa, pardalarni (chiyparda, darpardalar) ilish mumkinligiga erishildi.
Ammo bu masalaning yechimi emas. Chunki gap avtomobilning faqat orqa va orqa yon oynalari haqida emas, barchasiga birdek taalluqlidir. Chunki avtomobil salonida eng avvalo haydovchi uchun qulaylik yaratish zarur.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda oʻz avtomobili oynalarini qoraytirmoqchi boʻlgan fuqarolar bir yil muddat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi qaroriga asosan, orqa va old yon oynalar uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 150 000 soʻm), orqa yon oynalar uchun BHMning 10 baravari (2 230 000 soʻm) miqdorida toʻlovni amalga oshirishlari zarur.
Mazkur toʻlov miqdorining yuqoriligi bois, bugungi kunda ayrim fuqarolargina avtomobil oynalari tusini oʻzgartirgan. 2019-yil statistikasiga koʻra, ular jami avtomobillar sonining 0,1 foizini ham tashkil qilmagan.
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish hamda mutaxassislarning xulosasiga koʻra fuqarolarning quyoshning ultrabinafsha nurlaridan teri saratoni kasaliga chalinishlarining oldini olish, avtomobil konditsionerlarini kamroq ishlatilishiga va buning natijasida yonilgʻi kamroq sarflanib, atrof-muhitga zararli moddalarning kamroq chiqishiga, pirovardida ekologiyani asrashga erishish maqsadida avtomobil oynalari tusini oʻzgartirish uchun belgilangan toʻlovlarni bekor qilish, zarur deb hisoblaydi.
Buning uchun partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va xalq deputatlari Mirzo Ulugʻbek tuman Kengashidagi OʻzMTDP guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hukumatning 2020-yil 2-avgustdagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 646-sonli qaroriga tegishli oʻzgartirish kiritish boʻyicha taklif tayyorlandi", deyiladi maʼlumotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring