Milliy sertifikat imtihonlari 2022-yil dekabr hamda 2023-yil yanvar oyida ham oʻtkaziladi

22:01 28 Noyabr 2022 Jamiyat
7393 0

Hozirda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari tomonidan ushbu fanlardan ham milliy sertifikat imtihonlari oʻtkaziladimi degan mazmunda koʻplab savollar kelib tushmoqda.

Maʼlumki, 2022-yil 24-oktyabridan 12-noyabriga qadar my.dtm.uz sayti orqali matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish istagini bildirgan talabgorlar roʻyxatga olingan edi.

Davlat test markazi bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur imtihon test sinovlari 2022-yil 4-dekabr va 18-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Qoʻshimcha maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, Davlat test markazi tomonidan milliy sertifikat imtihonlari 2023-yil yanvar oyida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bunda imtihon sinovlari fizika, kimyo hamda ona (oʻzbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?