“Milano”, “Esse change” va “Oris change”… Fargʻonada 3 ming quti tamaki Departamentning qoʻliga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Beshariq tumanida 3 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxsni qoʻlga oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat fosh qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan F.R. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan “Milano”, “Esse change” va “Oris change” nomli jami 3 ming quti tamaki mahsulotini 1 600 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring