“Microsoft” ustidan monopoliyaga qarshi tergov boshlandi
Tekshiruvning asosiy eʼtibor qaratilgan nuqtasi kiberxavfsizlik va sunʼiy intellekt bilan ishlash boʻlimlariga boʻlmoqda. Bu haqda “Bloomberg” oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, AQSH Federal savdo komissiyasi foydalanuvchilarni oʻzlarining bulutli xizmatlariga bogʻlash maqsadida “Microsoft” ofis toʻplami va xavfsizlik dasturiy taʼminotidan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganmoqda.
Kompaniya bir yildan buyon AQSH Federal savdo komissiyasining diqqat markazida turibdi. U yirik davlat pudratchisi boʻlib qolayotgani va Pentagon kabi idoralardan milliardlab dollarlik shartnomalar olayotganini hisobga olgan holda, komissiyaning tashvishi “Microsoft”ning kiberxavfsizlik sohasidagi kamchiliklari" bilan bogʻliq deyish mumkin.
Endi kompaniyaning biznes hamkorlari va raqobatchilari bilan oʻtkazilgan “norasmiy suhbatlar”dan soʻng, amaldorlar “Microsoft”ga batafsil soʻrovnoma yuborishdi. Unda 100 sahifadan ortiq hajmda barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etish talab qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring