Metrologiya sohasida faol raqobat muhiti shakllanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor boʻlgan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir muhim qonun loyihalari muhokama qilindi.
Dastlab deputatlar “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqdi.
Taʼkidlanganidek, aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va mazkur sohada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay sharoit va ragʻbatlar yaratish zarurati “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etmoqda.
Qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar esa oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish xizmatlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan koʻrsatilishini taʼminlash orqali tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz faoliyat doirasini kengaytirishga, metrologiya sohasida faol raqobat muhitini shakllantirish imkonini beradi.
Deputatlar mazkur qonunning OʻzLiDeP uchun ahamiyatli jihatlariga toʻxtalib, partiya tadbirkorlar, ishbilarmonlar huquqlari va manfaatlarini ishonchli muhofaza etishni taʼminlovchi qonunchilik meʼyorlari hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi.
Muhokamalar davomida partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqib qonun loyihasini yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha asosli takliflar berdi. Qolaversa, fraksiya aʼzolari ushbu hujjatning muhimligini eʼtiborga olib, turli savollarni ham oʻrtaga tashlashdi.
Mutasaddilar koʻtarilgan har bitta savol boʻyicha alohida tushuntirishlar berdi. Qizgʻin kechgan baxs-munozaralar, uzoq davom etgan savol-javoblardan soʻng, bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olingan holda, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Yigʻilishda “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Fraksiya aʼzolari qonun loyihasini koʻrib chiqish chogʻida uni ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida deputatlar tomonidan berilgan takliflar eʼtiborga olingani, ushbu hujjat har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilganini qayd etib, uni qoʻllab-quvvatlashdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2022-yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti ham koʻrib chiqilib, fraksiya aʼzolari tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring