Messi gol urgan oʻyinda Argentina yana finalga chiqdi. U “Oltin toʻp” olishi mumkinmi
Foto: airedesantafe.com.ar
AQShda oʻtkazilayotgan “Copa America—2024” musobaqasining yarim final uchrashuvida Argentina terma jamoasi Kanada terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, birinchi finalchiga aylandi.
Argentinaliklarning gollariga Xulian Alvares va sakkiz karra “Oltin top” egasi Lionel Messi mualliflik qildi. Shu bilan birga, Argentina jamoasi sardori uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Qayd etish kerakki, Argentina ketma-ket ikkinchi bor “Copa America” finaliga chiqdi. 2021-yilda argentinaliklar Braziliya terma jamoasini magʻlub etib, kubokni qoʻlga kiritgan edi. Ikkinchi finalchi ertaga (11-iyul) Urugvay — Kolumbiya uchrashuvida aniqlanadi.
“Reddit” ijtimoiy tarmogʻida “agar Messi “Copa America” turnirida gʻalaba qozonsa, “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritadimi?” soʻrovnomasi mashhurlikka erishdi.
Ayrim muxlislar 2021-yilgi “Oltin toʻp” Messining aynan shu turnirni yutgani sababli berilgan degan iddaolarni ilgari surishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring