“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?
“Toyota Motor” 2024-yilda 10,8 million dona avtomobil sotganini eʼlon qildi. Bu koʻrsatkich yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisini ketma-ket beshinchi yil dunyoning eng yirik avtomobil sotuvchisi sifatida oʻz maqomini ushlab qolish imkonini berdi. Shunga qaramasdan, kompaniyaning global savdosi avvalgi yilga nisbatan 3,7% ga kamaydi. Bu koʻrsatkich “Toyota” guruhiga kiruvchi “Daihatsu” va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi “Hino Motors” kompaniyalari savdolarini ham oʻz ichiga oladi.
“Toyota” avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa “Daihatsu” brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan “Volkswagen Group” 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi “narxlar urushi” va Germaniyada xarajatlarni qisqartirish harakatlari bilan bogʻliq.
“Toyota” brendi ostida, shuningdek, “Lexus” avtomobillari bilan birga, kompaniyaning “faqat ota-kompaniya” deb ataladigan savdosi 2024-yilda 1,4% ga pasaydi va 10,2 million donani tashkil etdi. Bunga Yaponiyadagi ikki raqamli pasayish sabab boʻldi. Shunga qaramay, kompaniya umumiy sotuv hajmini rekord darajaga yetkazishga muvaffaq boʻldi. Bu, asosan, AQSH bozorida “Toyota” gibrid avtomobillariga boʻlgan talabning ortgani bilan izohlanmoqda.
Xitoy bozori “Toyota” uchun jiddiy qiyinchilik tugʻdirib, shirkatning bu mamlakatdagi savdosi 6,9% ga qisqardi. Sababi Xitoyda avtomobil ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida narxlar boʻyicha keskin raqobat yuzaga kelgan. “Toyota” avtomobillari orasida gibrid dvigatellarga ega modellar rekord darajada – 40,8% ulushni egallagan. Toʻliq elektr avtomobillar esa kompaniyaning umumiy savdosida 1,4% ni tashkil qildi.
“Toyota” global avtomobil bozorida yetakchiligini saqlab qolish uchun gibrid texnologiyalarga eʼtibor qaratishda davom etmoqda. Shuningdek, kompaniya Xitoy va Yaponiyadagi savdo pasayishining oldini olish maqsadida yangi strategiyalarni ishlab chiqishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, dunyodagi eng mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan hisoblangan “Mercedes-Benz” va “BMW” hatto 3 million donadan ham oʻz superkarlarini sota olmagan. Ikki kompaniya ham 2023-yilga nisbatan 2024-yilda mos ravishda 3 va 4 foizlik “choʻkish”ni qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring