“Men moliyaviy savodxonman” koʻrik-tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Fargʻona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Fargʻona shahridagi “NNTlar uyi“da gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Hududiy birlashma tomonidan yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Markaziy bankining Fargʻona viloyat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi 10 ta oliy taʼlim muassasalarida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Ezgu maqsad yoʻlida yangi avlod vakillari oʻrtasida “Men moliyaviy savodxonman” deb nomlangan bir bosqichli videoroliklar koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovga belgilangan muddat ichida 8 nafar ishtirokchi jamoadan 15 ta material kelib tushdi.
— Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Zuhra Karshiyeva 1-oʻringa munosib topilib, 7 million soʻm pul mukofoti berildi, — deydi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Fargʻona viloyati hududiy birlashmasi bosh mutaxassisi Gʻayratjon Mamatqulov. — Faxrli 2-oʻrin va 5 million soʻm pul mukofoti Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Imron Hasanov, 3-oʻrin va 3 million soʻm pul mukofoti Fargʻona shahrida joylashgan nodavlat shaklidagi Central Asian medical university talabasi Bahodirjon Davronovga nasib etdi.
Shuningdek, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyat boʻlimi jamoasi vakili Mahmudjon Olimov tanlovning ragʻbatlantiruvchi nominatsiyasi gʻolibi sifatida eʼtirof etildi. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasining esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.
Fargʻona shahridagi “NNTlar uyi”da oʻtkazilgan taqdirlash marosimida gʻolib va sovrindorlarga mukofotlar hamda hududiy birlashmaning faxriy yorliqlari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring