Mehnat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan xodim oilasiga 485,7 million soʻm toʻlanadigan boʻldi

13:06 07 Yanvar 2025 Jamiyat
221 0

Andijonlik Sh.Nurillayevaning turmush oʻrtogʻi N.Nurillayev mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan.

Sh.Nurillayeva boquvchisini yoʻqotganligi uchun korxona tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar toʻlovlarini undirishda amaliy yordam soʻrab, Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qilgan.

Viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaroning murojaati belgilangan tartibda oʻrganib chiqilib sudga daʼvo arizasi kiritildi.

Ariza qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan Sh.Nurillayeva foydasiga 485 million 760 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini undirish belgilandi.

Taʼkidlash joiz, Ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisa xodimning nogironligi yoki vafot etishiga olib kelsa jabrlanuvchiga yoki vafot etgan xodim qaramogʻidagi mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi. Voyaga yetmagan bolalariga va boshqa zarar undirish huquqiga ega shaxslarga maʼlum muddat davomida oylik toʻlovlar amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?