Mehnat shartnomasida taraflarning rekvizitlari koʻrsatiladi

17:56 30 Noyabr 2022 Jamiyat
1049 0

Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining rekvizitlari koʻrsatiladi.

Xodimning mehnat shartnomasida koʻrsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

— familiyasi, ismi va otasining ismi;

— shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— yashash yoki turgan joyining manzili va u bilan bogʻlanishga doir maʼlumotlar;

— soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

— jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlganda);

— shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi raqami.

Ish beruvchining mehnat shartnomasida koʻrsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

— mehnat shartnomasini tuzgan ish beruvchining nomi;

— ish beruvchining mehnat shartnomasini imzolagan vakili haqidagi maʼlumotlar;

— ish beruvchi tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili);

— soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

— ish beruvchilarning bank rekvizitlari;

— ish beruvchining aloqa maʼlumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqalar).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?