Mehnat sayohati xotin-qizlarni ish bilan taʼminladi

16:28 12 Iyul 2024 Jamiyat
171 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oltinkoʻl tumanida xotin-qizlar bandligi taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalariga mehnat sayohati tashkil etilmoqda. “Mark formelle textile Andijan” MCHJga uyushtirilgan navbatdagi tadbirga 30 yoshgacha boʻlgan 200 nafar xotin-qizlar jalb etildi.

— Korxonada bir yilda 10 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi, — deydi viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Iroda Maxatova. — Ayni paytda 1000 nafar hamyurtlarimiz samarali mehnat qilayotgan maskanda 250 ta boʻsh ish oʻrni mavjud. Tumandagi ishga ehtiyojmandlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir ishtirokchilari oʻzi istiqomat qilayotgan hududda jahon talablariga mos korxona borligidan xursand boʻlishdi.

— Oʻzimga munosib ish izlab yurgandim, — deydi mazkur korxona ishchisi Zulfiyaxon Mabrahimova. — Menga bu korxonadagi sharoitlar maʼqul keldi. Mehnat faoliyatimni boshladim.

Shu kuni 30 nafar xotin-qizlar korxonada mehnat qilish ixtiyorini bildirdi. Shu yerning oʻzida hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?