Medallar boʻyicha 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun imkoniyatimiz bor

Uchrashuvda 2024-yilda boʻladigan Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish masalasiga toʻxtalib oʻtildi. yana-da muhim ahamiyatga egadir.
— Boʻlgʻusi Olimpiada oldidan futbol, basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, regbi, voleybol singari jamoaviy sport turlari boʻyicha ham yoʻllanmalarni qoʻlga kiritish asosiy maqsadimiz boʻlishi zarur — dedi davlatimiz rahbari.
Shu munosabat bilan quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Birinchidan, mamlakatimiz sport delegatsiyasining Tokio Olimpiadasidagi ishtirokini har tomonlama chuqur tahlil etib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni sarhisob qilishimiz kerak.
Shu maqsadda sport menejmenti boʻyicha nufuzli xalqaro kompaniyalardan birini jalb etgan holda, mamlakatimizda ushbu sohada boshqaruv tizimining har bir boʻgʻinini auditdan oʻtkazish maqsadga muvofiq.
Shu bois Milliy olimpiya qoʻmitasi va Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar audit natijalariga asosan jismoniy tarbiya va sportni hamda sport federatsiyalari boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Kelgusi Olimpiya oʻyinlariga har tomonlama tayyorgarlikni shu bugundan boshlashimiz kerakli taʼkidlandi. Aniq maqsad qoʻyib, astoydil harakat qilsak, albatta natijaga erishimiz aytildi.
Misol uchun, Parijda boʻlib oʻtadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod litsenziyani qoʻlga kiritish va medallar boʻyicha yetakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor.
Shu bilan birga, barcha shahar va tumanlarda tegishli sport turlarini rivojlantirish va zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrish bugungi kun talabidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring