Mashinani ishonchnoma orqali boshqarish kelajakda tarixga aylanishi kerak — Adliya vaziri

23:20 25 Noyabr 2020 Jamiyat
941 0

Joriy yilning 25-noyabr kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Facebookʼdagi «Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom» guruhida fuqarolar bilan onlayn muloqoti boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida adliya vaziri Ruslanbek Davletov avtomashinalarni boshqarishda ishonchnoma haqidagi savolga quyidagicha javob berildi:

Avtomashinalarni boshqarishda ishonchnoma masalasi doimo dolzarb boʻlib kelgan. Prezidentimiz qaroriga asosan yaqin qarindoshlar boʻladigan boʻlsa, ishonchnoma zarur emas degan norma kiritildi, yaʼni yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi munosabatlardan kelib chiqib shu yangilik joriy etildi. Bu yaxshi qadam, yengillik. Koʻp vazirliklar bunga qarshi boʻldi, biroq hukumatimiz qoʻllab-quvvatladi va Prezidentimiz qarorni imzoladilar. Kerak boʻlsa, bu jarayonni soddalashtirishni yana davom ettirishimiz lozim. Chunki mashinani boshqarish asosan sugʻurta asosida tartibga solinsa ham yetarli boʻladi. Ishonchnoma kabi hujjatlar, oʻylaymizki, kelajakda tarixga aylanadi”, dedi Davletov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?